LRC歌词下载
[00:00.000] 作词 : Botir Qodirov[00:01.000] 作曲 : Botir Qodirov[00:14.408]Qoshing qora, ko`zlaring qora,[00:18.155]Yulduzisan qaysi osmonning?[00:21.908]Eslolmasang, o`zim eslatay –[00:25.403]Bolasisan O`zbekistonning![00:29.151]Qachon kelding bu yerga o`zi,[00:32.657]Ne maqsadda daydib yuribsan?[00:36.409]Anchagina ulg`ayibsan-ku,[00:39.904]Qorayibsan, ozib-to`zibsan.[00:45.405]Jilg`alarsiz daryo quriydi,[00:49.155]Daryoyingni qo`yma unutib.[00:52.649]Yur, barini eslaymiz birga,[00:56.400]Aylantiray qo`lingdan tutib.[00:59.907]Yodingdami beshiging, o`g`lim?[01:03.656]Undan hali hiding ketmagan.[01:07.151]Mahallangning yo`liga qara –[01:10.902]Bundan hali izing ketmagan.[01:14.650]Qara, onang tandir yonida,[01:18.157]Yopayapti sen uchun kulcha.[01:21.907]Etagidan ajralmasdingku,[01:25.404]Sog`intirding sen uni buncha?[01:36.408]Akang bilan uchirgan varrak[01:39.903]Boq, osmondan tusholmayapti.[01:43.651]Opang seni sog`inib yig`lab,[01:47.403]Tishlaganin yutolmayapti.[01:50.897]Oxirgi bor qachon eshitding[01:54.658]To`ylardagi yor-yorni, o`yla?[01:58.152]Bor, xayolan, do`stlaring bilan[02:01.903]O`rtaga tush, quloch yoz, o`yna.[02:06.410]Eh, hayit bayramini sog`inib,[02:10.902]Oqizdingku ko`zing yoshini.[02:14.407]Senga asrab charchadi yangang[02:18.403]Arafaning shirin oshini.[02:22.100]Qara, o`sha tanish choyxona,[02:25.593]Choylashib gasht qilar keksalar.[02:28.843]Ko`rding, otang kulolmayapti,[02:32.848]Yo`lga qarab, seni axtarar.[02:36.344]Ammang, xolang, amaking, tog`ang[02:39.837]Tarqatyapti sumalaklarni.[02:43.292]Nahot sog`inmading, jon bolam,[02:47.298]Navro`zdagi kamalaklarni?[02:54.544]Bolam, deysan tilingda ming bor,[02:58.292]Qo`lingda dast ko`tarolmaysan.[03:01.800]Kechirsa ham bir kun ayoling,[03:05.293]Sen o`zingni kechirolmaysan.[03:09.226]Musofirning qadri bo`lmaydi,[03:12.732]Musofirning qabri bo`lmaydi,[03:16.481]Musofirning musofirlikdan[03:20.233]O`tadigan dardi bo`lmaydi.[03:23.726]Tish qayrama, yomon dema hech[03:27.475]Seni katta qilgan Vatanni.[03:30.982]Kim deydilar eshigini tepib,[03:34.475]Beshigini buzgan odamni?[03:40.226]Yashnamaydi novda ildizsiz,[03:43.731]Tomiring suv ichgan yerga bor.[03:47.227]Otang qurgan yo`llarni yashnat,[03:50.986]Uy yoniga yana bir uy sol.[03:54.480]Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,[03:58.232]Qo`ldan berma shunday imkonni.[04:01.980]Sen hech kimdan kam emassan, bil,[04:05.474]Bolasisan O`zbekistonning![04:08.980]Bolasisan O`zbekistonning!