专业歌曲搜索

Musofir(翻自 Botir Qodirov) - Jasurbek.mp3

Musofir(翻自 Botir Qodirov) - Jasurbek.mp3
[00:00.000] 作词 : Botir Qo...
[00:00.000] 作词 : Botir Qodirov
[00:01.000] 作曲 : Botir Qodirov
[00:14.408]Qoshing qora, ko`zlaring qora,
[00:18.155]Yulduzisan qaysi osmonning?
[00:21.908]Eslolmasang, o`zim eslatay –
[00:25.403]Bolasisan O`zbekistonning!
[00:29.151]Qachon kelding bu yerga o`zi,
[00:32.657]Ne maqsadda daydib yuribsan?
[00:36.409]Anchagina ulg`ayibsan-ku,
[00:39.904]Qorayibsan, ozib-to`zibsan.
[00:45.405]Jilg`alarsiz daryo quriydi,
[00:49.155]Daryoyingni qo`yma unutib.
[00:52.649]Yur, barini eslaymiz birga,
[00:56.400]Aylantiray qo`lingdan tutib.
[00:59.907]Yodingdami beshiging, o`g`lim?
[01:03.656]Undan hali hiding ketmagan.
[01:07.151]Mahallangning yo`liga qara –
[01:10.902]Bundan hali izing ketmagan.
[01:14.650]Qara, onang tandir yonida,
[01:18.157]Yopayapti sen uchun kulcha.
[01:21.907]Etagidan ajralmasdingku,
[01:25.404]Sog`intirding sen uni buncha?
[01:36.408]Akang bilan uchirgan varrak
[01:39.903]Boq, osmondan tusholmayapti.
[01:43.651]Opang seni sog`inib yig`lab,
[01:47.403]Tishlaganin yutolmayapti.
[01:50.897]Oxirgi bor qachon eshitding
[01:54.658]To`ylardagi yor-yorni, o`yla?
[01:58.152]Bor, xayolan, do`stlaring bilan
[02:01.903]O`rtaga tush, quloch yoz, o`yna.
[02:06.410]Eh, hayit bayramini sog`inib,
[02:10.902]Oqizdingku ko`zing yoshini.
[02:14.407]Senga asrab charchadi yangang
[02:18.403]Arafaning shirin oshini.
[02:22.100]Qara, o`sha tanish choyxona,
[02:25.593]Choylashib gasht qilar keksalar.
[02:28.843]Ko`rding, otang kulolmayapti,
[02:32.848]Yo`lga qarab, seni axtarar.
[02:36.344]Ammang, xolang, amaking, tog`ang
[02:39.837]Tarqatyapti sumalaklarni.
[02:43.292]Nahot sog`inmading, jon bolam,
[02:47.298]Navro`zdagi kamalaklarni?
[02:54.544]Bolam, deysan tilingda ming bor,
[02:58.292]Qo`lingda dast ko`tarolmaysan.
[03:01.800]Kechirsa ham bir kun ayoling,
[03:05.293]Sen o`zingni kechirolmaysan.
[03:09.226]Musofirning qadri bo`lmaydi,
[03:12.732]Musofirning qabri bo`lmaydi,
[03:16.481]Musofirning musofirlikdan
[03:20.233]O`tadigan dardi bo`lmaydi.
[03:23.726]Tish qayrama, yomon dema hech
[03:27.475]Seni katta qilgan Vatanni.
[03:30.982]Kim deydilar eshigini tepib,
[03:34.475]Beshigini buzgan odamni?
[03:40.226]Yashnamaydi novda ildizsiz,
[03:43.731]Tomiring suv ichgan yerga bor.
[03:47.227]Otang qurgan yo`llarni yashnat,
[03:50.986]Uy yoniga yana bir uy sol.
[03:54.480]Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
[03:58.232]Qo`ldan berma shunday imkonni.
[04:01.980]Sen hech kimdan kam emassan, bil,
[04:05.474]Bolasisan O`zbekistonning!
[04:08.980]Bolasisan O`zbekistonning!
展开